Film Abdulla Qodiriyning 'O'tkan kunlar' romaniga asoslangan.Voqealar XIX asr boshlarida Toshkentda kechadi. Filmda feodallar o'rtasidagi shiddatli kurashlar, har biri hokimiyat uchun intilayotgan muhit, inson erkinligiga bo'lgan zulm va oilaviy an'analar hukmronligi tasvirlanadi. Bir-birini chin dildan sevgan Kumush va Otabek, ushbu urf-odatlarning qurboniga aylanadi.