Muyassar — oddiy oilada yashaydigan ayol, mehnatkash va oilaparvar. Bir kun kelib u tijoratga kirishib, moliyaviy muvaffaqiyatga erishadi. Аmmo vaqt oʼtishi bilan u boylikka shoʼngʼib ketadi, oilasidan uzoqlashadi va ularni mensimay qoʼyadi. Taqdir esa unga ogʼir sinovlarni tayyorlagan edi. Eri vafot etadi, qizi ajrashib uyiga qaytib keladi, oʼgʼli esa ogʼir kasallikka chalindi. Muyassar shundagina boylik va mansab oiladan qimmat emasligini tushunib yetadi. Biroq, barchasini qayta tuzatishga kech boʼlgan edi… Filьm savol uygʼotadi: insoniylikni yoʼqotmay, boylik va oila oʼrtasida muvozanatni saqlash mumkinmi?