Boy oiladan chiqqan Loran tuman prokurori sifatida muvaffaqiyatli karyera qilmoqda. Ammo uning hali yosh va sog‘lom bo‘lgan otasi yurak xurujidan to‘satdan vafot etadi. O‘sha paytda ma’lum bo‘ladi, otasi unga juda g‘alati meros qoldirgan ekan — qandaydir bunkerning kalitini. Qo‘rqinchli podvalga tushganida, Loran zanjirband qilingan, qop-qorayib ketgan va iflos bir odamni topadi. Ko‘rinishicha, Loran o‘zining sevimli otasi haqida ko‘p narsani bilmagan ekan.