'Puling bo‘lsa' filmda Alijon ismli mehnatsevar olim haqida so‘z boradi. U o‘z umrini pillachilikka baxshida qilgan. Uning urinishlari necha yildirki, samarasiz. Shunga qaramay, u o‘z sevgan kasbidan voz kecholmaydi. Kunlarning birida qishloqdan otasi mehmonga keladiyu, va ota-o‘g‘ilning bu safargi suhbati Alijon hayotida keskin burilish yasalishiga sabab bo‘ladi.