Malika 3 bolasi boʼlgan va singlisi, qaynonasi bilan bir uyda turadigan ayoldir. Ikki qizi Marjona va Zaynab,universitetda talabalar. Narxoz universitetiga oʼqishini xorijdan koʼchirgan Imron Marjonaning guruhiga tushadi. Tasodifiy uchrashuv bilan bir-birlari bilan tanishib qolishadi. Imron vaqt oʼtishi bilan Marjonani yoqtirib qoladi.Universitetda yana Аbror va Iqbola boʼlib, ular oʼzaro aka singildir. Baxtiyorning farzandlari boʼlgan Iqbola Imronni sevib qolgan, Аbror esa Zaynabga koʼngil qoʼygan. Iqbola Imronni oʼziga qaratish va Marjonadan tortib olish uchun oliygohdagi Davron ismli kursdoshi bilan turli xil oʼyinlar qurishadi. Davron esa Marjonani sevgani uchun Iqbolaning taklifini qabul qiladi va ikkovlari bir boʼlib Imron hamda Marjonani bir birlaridan ayirishga harakat qilishadi...